г. Ташкент, Шайхантахурский р-н, ул. Фуркат, 1/1+998 95 145 45 02
Русский
Ассоциация экспортеров
Узбекистана
Официальный сайт
Новости

Ulan-Batorda “Made in Uzbekistan” ko'rgazmasi: O'zbekiston mahsulotlari Mo'g'uliston bozorida

Мероприятие
Ulan-Batorda “Made in Uzbekistan” ko'rgazmasi: O'zbekiston mahsulotlari Mo'g'uliston bozorida

Mo'g'ulistonning poytaxti Ulan-Bator shahrida “Made in Uzbekistan” shourum-ko'rgazmasi va milliy savdo uyi ochildi.

Ko'rgazmani O'zbekiston Bosh vazirining o'rinbosari Jamshid Xodjayev va Mo'g'uliston Bosh vazirining o'rinbosari Saynbuyangiyn Amarsayxan tantanali ravishda ochib berishdi.

1 053 kv.m. maydonda tashkil etilgan ko'rgazmada O'zbekistonning to'qimachilik, qishloq xo'jaligi, charm-poyabzal, qurilish materiallari, elektrotexnika, mebel, farmatsevtika, avtomobilsozlik va tog'-kon sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlari namoyish etilmoqda.

Mazkur savdo uyi ikki davlat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da mustahkamlash va O'zbekiston mahsulotlarini yangi bozorlarga olib chiqishga xizmat qiladi.