Malayziyaga biznes-missiya tashkil etiladi.

2024-yilning 17-21 – noyabr kunlari O'simliklar karantini va himoyasi agentligi, O'zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi va O'zbekiston Eksportchilar uyushmasi hamkorligida Malayziyaga biznes-tashrif tashkil etilmoqda!
💱 Malayziyaning “Sri Ternak Mart” yirik savdo tarmog'i hududida savdo yarmarkasini tashkil etish uchun 100 kv.m joy bepul olinishi bo'yicha kelishuvga erishildi.
🍋 Ushbu maydonda O'zbekistonda yetishtirilgan xo'l va quritilgan meva-sabzavot, oziq-ovqat va qayta ishlangan mahsulotlar namoyish etiladi. Savdo yarmarkada muvaffaqiyatli sotuvi yo'lga qo'yilgan mahsulotlar uchun supermarket tarmog'i va Malayziyaning boshqa salohiyatli importchi korxonalari tomonidan uzoq muddatli, yirik hajmda buyurtmalar yuzasidan shartnomalar imzolanishi ko'zda tutilgan.
🤝 Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlarni ushbu tashrifda ishtirok etishga taklif etamiz!
‼️ Tashrif davomida Malayziya biznes doira vakillari bilan B2B uchrashuvlar, Malayziya tashqi savdo sohasidagi vazirlik va idoralari vakillari bilan muloqot o'tkazilishi rejalashtirilgan.
✅ Ushbu tashrifda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish lozim:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdGu8-tsEN0kw_hb1x1idGggbHTKpK6Ke1-tsDDuzrpzWNKRg/viewform?usp=sf_link
☎️ Murojaat, savol va takliflar uchun:
+99833 700 77 18
+99871 202 77 76
(ichki raqam: 1509)



