1/1 Furkat Street, Shaykhantakhur District, Tashkent+998 95 145 45 02
English
Association of Exporters of
Uzbekistan
Official website
News

O'zbekiston Eksportchilar uyushmasi Biznes Ombudsman bilan hamkorlikda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi

News
O'zbekiston Eksportchilar uyushmasi Biznes Ombudsman bilan hamkorlikda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi

Bugun, Biznes Obudsman hamda O'zbekiston Eksportchilar uyushmasi tadbirkorlarning faoliyatida davlat tashkilotlari bilan yuzaga kelayotgan muammolarni atroflicha o'rganish, bartaraf etish maqsadida ochiq muloqot o'tkazildi.

Ushbu ochiq muloqotda O'zbekiston Eksportchilar uyushmasi raisi Yorqin Malikov, rais maslahatchisi Bobur Rasulov, Biznes Ombudsman o'rinbosari Jamshid Urunov va tadbirkorlar ishtirok etdi.

📍 Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
✔️ Davlat va tadbirkorlar o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo'llari;
✔️ Faoliyat davomida uchrayotgan huquqiy va amaliy muammolar;
✔️ Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va yechimlar.

✅ Muhokama qilingan muammolar o'rganilib, tegishli mutassadilarga yo'naltirish orqali masalalarga tezkor yechim topish va tadbirkorlik hamda eksport salohiyatimizni yanada yaxshilash rejalashtirilmoqda.