1/1 Furkat Street, Shaykhantakhur District, Tashkent+998 95 145 45 02
English
Association of Exporters of
Uzbekistan
Official website
News

JAHON BANKI DELEGATSIYASI TASHRIFI

News
JAHON BANKI DELEGATSIYASI TASHRIFI

O'zbekiston Eksportchilari uyushmasida Jahon banki delegatsiyasi ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda logistika xizmatlariga talab, uning qiymati, ishonchliligi borasida, shuningdek savdo va tranzit, sanoat hamda qishloq xo'jaligiga talablar, elektron kommersiya kabi masalalar muhokama qilindi.

Jahon banki delegatsiyasi vakili, tadqiqotdchi O'tkir Umarov hamda O'zbekiston Eksportchilari uyushmasi raisi Yorqin Malikov logistikaning dolzarb masalalari va uning yechimlari xususida, onlayn platformani rivojlantirish borasida fikr bildirishdi.

Tadbirda xususiy sektorlarga yaratilayotgan sharoitlar, investitsiya qiymati, infratuzilma, logistika markazlarini tashkil qilishga alohida e'tibor qaratildi.