1/1 Furkat Street, Shaykhantakhur District, Tashkent+998 95 145 45 02
English
Association of Exporters of
Uzbekistan
Official website
News

Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar

Event
Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar

Shu kunlarda yurtimizda xizmat safari bilan bo'lib turgan Dubaylik ishbilarmon tadbirkorlar onlayn ravishda yurtimizda ishlab chiqarilayotgan qandolat shirinliklari, quritilgan mevalar, salqin ichimliklar, bolalar kukuruzasi va boshqa turdagi mahsulotlar bilan tanishishdi.

Mehmonlar mahsulotlarning yuqori sifati va qadoqlanganligiga alohida ijobiy baho bergan holda, Yaqin sharq davlatlariga mahsulot eksportini yo'lga qo'yishda qanday omillarga ko'proq e'tibor qaratish to'g'risida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdilar. Uchrashuv juda do'stona va yuqori sur'atda o'tdi. Yakunga ko'ra mahsulotlarni eksport qilishga kelishuvga erishilgani va tez kunda shartnoma imzolanishini mamnuniyat bilan ma'lum qilamiz.

Yaqin sharq davlatlariga (Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Ummon, Baxrayn, Quvayt) o'z mahsulotingizni eksport qilmokchi bo'lsangiz, O'zbekiston eksportchilari uyushmasi bilan bog'laning.