Prezident Farmoni bilan tadbirkorlar himoyasi kuchaytirilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-184 son Farmoni e'lon qilindi.
📆 Farmonga ko'ra, 2025-yildan boshlab:
➡️Jismoniy shaxslar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tmasdan faoliyat yuritishi mumkin bo'ladi.
➡️Fiskal belgilar, raqamli markirovkalash qoidalari buzilganligi va xodimlar sonini yashirish kabi holatlar uchun jarimalar bekor qilinadi.
➡️Sudda ishlar kelishuv bitimi bilan yakunlansa, tadbirkorlarga davlat bojining bir qismi qaytarib beriladi.
➡️Tekshiruvlar faqat “Yagona davlat nazorati” tizimi orqali va Biznes-ombudsmanni xabardor qilish tartibida o'tkaziladi.
➡️”Xavfni tahlil qilish” tizimi joriy etiladi va xavfi past bo'lgan tadbirkorlar tekshiruvdan ozod etiladi.
➡️Nazorat qiluvchi organlar xodimlari Biznes-ombudsman huzurida malaka oshiradi.
➡️Nazorat qiluvchi organlarning reytingi e'lon qilib boriladi.



