Toshkent sh., Shayxontohur t., Furqat ko'chasi, 1/1+998 95 145 45 02
O‘zbekcha
O'zbekiston Eksportchilar
Uyushmasi
Rasmiy veb-sayt
Yangiliklar

Dushanbe shahrida O'zbekiston savdo uyi ochildi

Yangilik
Dushanbe shahrida O'zbekiston savdo uyi ochildi

O'zbekiston va Tojikiston davlatlari o'rtasida qurilish materiallari eksportini yana-da oshirish, ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o'rtasida savdo aloqalarini yana-da rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko'magida “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan Dushanbe shahrida O'zbekiston savdo uyi tashkil etildi.

Ochilish marosimida “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi Baxtiyor Bobokulov, O'zbekiston elchixonasi diplomatlari, ikki davlat tadbirkorlari va OAV vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar savdo maskanida yaratilgan sharoitlar, mahsulotlar ko'rgazmasi va narxlari bilan yaqindan tanishdilar.

O'zbekiston savdo uyi manzili:

Tojikiston Respublikasi, Dushanbe shahri

Ne'mat Qoraboyev ko'chasi, 30 uy

Mazkur savdo uyiga mahsulotlarini joylashtirishmoqchi bo'lgan tadbirkorlar +998939559991 telefon raqami orqali batafsil ma'lumot olishlari mumkin.