Benzin va motor moylarini eksport qilish tartibi soddalashtiriladi

Ayrim neft mahsulotlari eksportiga imtiyozlar joriy etildi.
🔹 2017-yilda kiritilgan cheklovlar bekor qilinib, endilikda:
✅ Oldindan to'lovsiz
✅ Akkreditivsiz
✅ Bank kafolatisiz
✅ Eksport kontraktini sug'urta qilmasdan
xorijiy valyutada eksport qilish imkoniyati yaratiladi.
📌 Soddalashtirilgan eksport tartibi quyidagi mahsulotlarga taalluqli:
✔️ Avtomobil benzinining barcha turlari
✔️ O'rta neft distillatlari (ligroin, kerosin, dizel fraksiyalari)
✔️ Motor moylari
✔️ Gidravlik suyuqliklar
✔️ Transmissiya moylari va reduktor yog'lari
🔎 Bu qaror neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini qo'llab-quvvatlash, tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish va eksport hajmini ko'paytirish maqsadida qabul qilindi.
📊 Sizningcha, ushbu qaror ichki bozor narxlariga qanday ta'sir qiladi?



