г. Ташкент, Шайхантахурский р-н, ул. Фуркат, 1/1+998 95 145 45 02
Русский
Ассоциация экспортеров
Узбекистана
Официальный сайт
Новости

Malayziyaga biznes tashrif tashkil etilmoqda!

Новость
Malayziyaga biznes tashrif tashkil etilmoqda!

Joriy yilning 17-21 – noyabr sanalarida O'simliklar karantini va himoyasi agentligi, O'zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi va O'zbekiston Eksportchilari uyushmasi hamkorligida Malayziyaga biznes tashrif tashkil etilmoqda!

🏪Malayziyadagi “Sri Ternak Mart” nomli yirik savdo tarmog'idan 100m joy bepul olinishi bo'yicha kelishuvga erishildi. Ushbu maydonda O'zbekistonning meva-sabzavot, qayta ishlangan va oziq-ovqat mahsulotlari uchun savdo yarmarkasini tashkil etilishi reja qilingan. Savdo yarmarkada muvaffaqiyatli sotuvi yo'lga qo'yilgan mahsulotlar uchun supermarket tarmog'i vakillari tomonidan uzoq muddatli, yirik hajmda buyurtmalar bo'lishi ta'kidlandi.

💭 Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlarni ushbu tashrifda ishtirok etishga taklif etamiz! Shu bilan birga, tashrif davomida Malayziya biznes doira vakillari bilan B2B uchrashuvlar, Malayziya tashqi savdo sohasidagi vazirlik va idoralar bilan uchrashuvlar bo'lib o'tishi reja qilingan.

🅱️ Ushbu tashrifda ishtirok etish va batafsil ma'lumot uchun:
RO'YXATDAN O'TING (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdGu8-tsEN0kw_hb1x1idGggbHTKpK6Ke1-tsDDuzrpzWNKRg/viewform?usp=sf_link) 👈🏻 (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdGu8-tsEN0kw_hb1x1idGggbHTKpK6Ke1-tsDDuzrpzWNKRg/viewform?usp=sf_link)

☎️ Murojaat, savol va takliflar uchun:
+99833 700 77 18
+99871 202 77 76
(ichki raqam: 1509)

📌Mas'ul xodim:
Baxtiyorov MuhammadAli

✔️Markaziy eksport shtabi eksportyorlarimizni qo'llab-quvvatlashga tayyor!