Xitoyga qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug'ullanadigan tadbirkorlar diqqatiga!

“North-Western Cargo International Airlines” (NWCIA) yuk aviakompaniyasi O'zbekiston -Xitoy Xalq Respublikasi o'rtasida 2023-yilning 4-sentyabr kunidan boshlab yuk tashuv aviaqatnovlarini yo'lga qo'ydi.
Bugungi kunda ushbu yo'nalish bo'yicha aviakompaniyaning Boeing 757-200 havo kemalari orqali haftasiga bir marotaba reyslar amalga oshirilmoqda. Reys sig'imi 25 tonna bo'lib, mazkur aviakompaniya tomonidan 2024-yilning 1-dekabr sanasidan boshlab qatnovlar 3 marotabaga oshiriladi.
Bunda Xitoy davlatiga eksportni amalga oshiradigan tadbirkorlarga qulay shartlarda aviatushuvlarni yo'lga qo'yishlari mumkin.
Aviakompaniyaning O'zbekistondagi rasmiy vakili — Lyan Nikolay Viktorovich +998 90 396 86 86



