Toshkent sh., Shayxontohur t., Furqat ko'chasi, 1/1+998 95 145 45 02
O‘zbekcha
O'zbekiston Eksportchilar
Uyushmasi
Rasmiy veb-sayt
Yangiliklar

Hurmatli tadbirkorlar!

E'lon
Hurmatli tadbirkorlar!

Oziq-ovqat mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga eksportoldi va eksport bilan bog'liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun 2 yil muddatgacha moliyaviy resurslar ajratiladi:

1. Eksport hajmi 100 ming $ – 1 mln. $ gacha bo'lganda – 100 ming $ gacha;
2. Eksport hajmi 1 mln. $ – 2 mln. $ gacha bo'lganda – 1 mln. $ gacha;
3. Eksport hajmi 2 mln. $ – 4 mln. $ gacha bo'lganda – 2 mln. $ gacha;
4. Eksport hajmi 4 mln. $ ortiq bo'lganda – 3 mln. $ gacha;

Moliyaviy resurslar ajratish stavkasi va muddati:
▸4 % Xorijiy valyutada
Shundan:
▸2 % Bank marjasi;
Moliyaviy resurslar korxonalarning oxirgi 12 oy davomida amalga oshirgan eksport hajmidan kelib chiqib ajratiladi.

Ushbu imtiyozli kreditdan foydalanish uchun https://subsidiya.epauzb.uz elektron portali orqali murojaat qilishingiz mumkin

Batafsil ma'lumot uchun: 71 207-04-06 (202)