Do'stona hamkorlikni amalga oshirish to'g'risida memorandum imzolandi

Xitoy Xalq Respublikasi Liaoning provinsiyasining “Xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik” xalqaro uyushmasi va O'zbekiston Eksportchilari uyushmasi o'rtasida do'stona hamkorlikni amalga oshirish to'g'risida memorandum imzolandi.
✅ Uchrashuvdan maqsad ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni yaxshilash, eksport-import salohiyatini oshirish,yangi imkoniyatlar yaratish, shuningdek, ikki davlat tadbirkorlari o'rtasida tajriba almashish va hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko'rib chiqildi.



