Toshkent sh., Shayxontohur t., Furqat ko'chasi, 1/1+998 95 145 45 02
O‘zbekcha
O'zbekiston Eksportchilar
Uyushmasi
Rasmiy veb-sayt
Yangiliklar

Qishloq xo'jaligida QQSni hisoblashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi

Yangilik
Qishloq xo'jaligida QQSni hisoblashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi

“Qishloq xo'jaligi sohasida qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–153-son, 04.09.2025 y.) qabul qilindi.

2026–2027 yillarda qishloq xo'jaligi sohasida rasmiy tovar aylanmasini kamida 3 baravar oshirish Farmonni qabul qilishdan ko'zlangan asosiy maqsad etib belgilandi.

📃 Farmonga ko'ra, 2026 yil 1 yanvardan:

◾️qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari realizatsiyasi uchun QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi;

◼️ qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga QQS summasi o'rnini qoplash (qaytarish) 3 kunda avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.

🗓 Bundan tashqari, 2026 yil 1 yanvardan ishlab chiqilgan tovarlarni aynan 1 ta yetkazib berish zanjiri bo'yicha QQS summasini hisobga olishda elektron hisobvaraq-fakturalarni xavf darajasiga qarab real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish tizimi joriy qilinadi.

Bunda yuqori xavf darajasiga ega elektron hisobvaraq-fakturalarning ulushi hisobot davrida rasmiylashtirilgan jami elektron hisobvaraq-fakturalar sonining 10 foizidan oshmasligi nazarda tutildi.