г. Ташкент, Шайхантахурский р-н, ул. Фуркат, 1/1+998 95 145 45 02
Русский
Ассоциация экспортеров
Узбекистана
Официальный сайт
Новости

Goody'da o'tkazilgan uchrashuv natijasi

Мероприятие
Goody'da o'tkazilgan uchrashuv natijasi

Avval xabar berganimizdek, O'simliklar karantini va himoyasi agentligi, Eksportchilar uyushmasi va Xitoyning yirik CUS-GROUP kompaniyasi bilan hamkorlikda mahalliy tadbirkorlarimiz uchun seminar trening o'tkazildi.

✔️ Seminarda Karantin agentligi Markaziy eksport shtabi rahbari Kamoliddin Muqimov va shtab mutaxassislari ishtirok etib, tadbirkorlarga ikki tomonlama uchrashuvlarni tashkil etishga ko'maklashdi.

➡️ Uchrashuv natijasida Xitoyning yirik qadoqlash korxonasi Karantin agentligi bilan hamkorlikda ishlash taklifini bildirib, O'zbekiston tadbirkorlari bilan qo'shma qadoqlash korxonasini tashkil etish bo'yicha kelishib olindi.

🖋 Tadbirda o'git, pestitsid ishlab chiqish korxonalari rahbarlari ham ishtirok etib, tadbirkorlarimiz bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish tarafdori ekanligini ma'lum qildi.

✔️ CUS-GROUP kompaniyasi rahbari Karantin agentligida tadbirkorlar uchun tashkil etilgan imkoniyatlar haqida ma'lumot berdi va Xitoy tadbirkorlariga hamkorlikni mustahlamlashni tavsiya qildi.

📢 Eslatib o'tamiz, Markaziy eksport shtabi tomonidan bu kabi tadbirkorlarning manfaati uchun xizmat qiladigan uchrashuv maydonlari muntazam tashkil etilib, Karantin agentligining rasmiy sahifalarida anonslar berib borilmoqda.